UzAuto Sanoat

UzAuto Sanoat "O'zavtosanoat" AJning rasmiy sahifasi
Telefon: +998 78 140-76-50
Ishonch telefoni: +998 78 140-76-66

“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi barchani Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.Ushbu muborak ayyomda Sizga mus...
27/05/2026

“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi barchani Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu muborak ayyomda Sizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt hamda ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Har bir xonadonda ahillik, fayzu-baraka va o‘zaro mehr-oqibat hukm sursin.

Коллектив АО «Узавтосаноат» искренне поздравляет всех с праздником Курбан хайит.

В этот благословенный день желаем вам крепкого здоровья, мира, семейного уюта и исполнения добрых намерений. Пусть в каждом доме царят согласие, достаток и взаимопонимание.

20/05/2026

Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti

Презентация предложений, направленных на развитие автомобильной промышленности, расширение производственных мощностей и повышение конкурентоспособности отрасли

“O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi R&D markazi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etdiJoriy yilning 14–15-may kun...
16/05/2026

“O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi R&D markazi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Joriy yilning 14–15-may kunlari Ohangaron tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosi doirasida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda “UzAuto Motors” AJ tarkibidagi R&D (Tadqiqot va ishlanmalar) markazi o‘zining innovatsion ishlanmalari va muhandislik yechimlari bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazma davomida markaz mutaxassislari ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt va Computer Vision texnologiyalarini qo‘llash, qolipsozlik muhandisligi, tannarx tahlili, 3D skanerlash hamda qayta muhandislik yo‘nalishlaridagi loyihalarni taqdim etdilar.

Taqdim etilgan ishlanmalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifat nazoratini takomillashtirish, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish va importga bog‘liqlikni kamaytirishga xizmat qildi.

“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan innovatsiyalar va zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar avtomobil sanoatini izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

R&D-центр АО «Узавтосаноат» принял участие в выставке «Национальная промышленная цепочка»

14–15 мая текущего года в Ахангаранском районе во исполнение поручений Президента Республики Узбекистан прошла выставка «Национальная промышленная цепочка».

В данном мероприятии принял участие R&D-центр (исследований и разработок), входящий в состав АО «UzAuto Motors», представив инновационные разработки и инженерные решения компании.

В ходе выставки специалисты центра продемонстрировали проекты в области применения технологий искусственного интеллекта и Computer Vision в производственных процессах, инструментальной инженерии, анализа себестоимости, 3D-сканирования и реверсивного инжиниринга.

Представленные разработки были направлены на повышение эффективности производства, совершенствование системы контроля качества, локализацию комплектующих и снижение импортозависимости.

Работа, проводимая АО «Узавтосаноат» по внедрению инноваций и современных инженерных решений, способствует последовательному развитию автомобильной промышленности.

O‘zbekistonning avtomobilsozlik sanoati:Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2026-yil yanvar-aprel oylari bo‘yicha ...
14/05/2026

O‘zbekistonning avtomobilsozlik sanoati:

Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2026-yil yanvar-aprel oylari bo‘yicha ma’lumotlari.

Qayd etilgan davrda jami 121 601 dona avtomobil sotilgan:

UzAuto Motors: 58 168
Khorezm Auto: 37 559
ADM Jizzakh: 14 460
BYD Uzbekistan: 10 927
SamAuto: 386
Asaka Motors: 101
––
Автомобильная промышленность Узбекистана:

Данные производителей Узбекистана за январь-апрель 2026 года.

Всего за указанный период было реализовано 121 601 единиц автомобилей:

UzAuto Motors: 58 168
Khorezm Auto: 37 559
ADM Jizzakh: 14 460
BYD Uzbekistan: 10 927
SamAuto: 386
Asaka Motors: 101

“O‘zavtosanoat” AJ tizim korxonalarida komplayens faoliyati tanqidiy tahlil qilindi2026-yil 6-may kuni “O‘zavtosanoat” A...
12/05/2026

“O‘zavtosanoat” AJ tizim korxonalarida komplayens faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

2026-yil 6-may kuni “O‘zavtosanoat” AJ Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti direktori rahbarligida tizim korxonalarining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda 2026-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda bildirilgan tanqidiy mulohazalar va berilgan topshiriqlar yuzasidan atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Xususan:
• monitoring va nazorat tadbirlari samaradorligi;
• korrupsiyaviy xavflarni baholash va boshqarish;
• xizmat tekshiruvlari va profilaktik choralar; • xodimlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
• ochiqlik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlash;
• murojaat va aloqa kanallari samaradorligi masalalari tanqidiy tahlil qilindi.

Korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etishda faqat o‘qitish bilan cheklanib qolmasdan, jarayonlarni raqamlashtirish, avtomatlashtirish va ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tizim korxonalariga korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va omillarini tahlil qilish, xavflarni barvaqt aniqlash, ta’sirchan preventiv choralarni kuchaytirish hamda belgilangan topshiriqlarning o‘z muddatida ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

В структурных предприятиях АО «Узавтосаноат» проведён анализ деятельности в сфере комплаенса

Под руководством директора Департамента по комплаенсу, и мониторингу производственно-финансовых рисков АО «Узавтосаноат» состоялось обсуждение итогов деятельности структурных предприятий в сфере комплаенса и противодействия коррупции за I квартал 2026 года.

В ходе совещания были подробно рассмотрены замечания и поручения, озвученные на расширенном заседании, состоявшемся 20 апреля 2026 года с участием руководства Комплаенс-службы Администрации Президента Республики Узбекистан и Агентства по противодействию коррупции.

В частности, были проанализированы:
• эффективность мониторинга и контрольных мероприятий;
• оценка и управление коррупционными рисками;
• проведение служебных проверок и профилактических мер;
• повышение практических знаний и навыков сотрудников;
• обеспечение открытости и подотчётности перед общественностью;
• эффективность каналов обращений и обратной связи.

Отдельно подчёркнута необходимость усиления действенных мер по устранению коррупционных рисков не только посредством обучения, но и за счёт цифровизации и автоматизации процессов, а также сокращения бюрократических процедур.

По итогам совещания структурным предприятиям были поставлены задачи по анализу причин и факторов коррупционных правонарушений, своевременному выявлению рисков, усилению эффективных превентивных мер, а также обеспечению своевременного исполнения поставленных поручений.

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati munosib baholandiKorrupsiyaga qarshi kurashish agentli...
12/05/2026

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati munosib baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilgan VI Toshkent aksilkorrupsiya forumida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini izchil joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak e’tirof etilib, kompaniya maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

“Korrupsiyaga qarshi boshqaruvning yangi arxitekturasi: samarali preventiv choralar sari” shiori ostida tashkil etilgan forum korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish hamda ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Mazkur nufuzli tadbirda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Yaponiya, Estoniya, Litva, Qirg‘iziston hamda boshqa qator davlatlarning vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari va davlat idoralari mutasaddilari ishtirok etdi. Forum doirasida zamonaviy komplayens tizimlari, preventiv mexanizmlar, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda institutsional shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bugungi k***a “O‘zavtosanoat” AJ tizimida faoliyat ochiqligini ta’minlash, axborotlarni o‘z vaqtida va to‘liq e’lon qilib borish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilgan. Mazkur yondashuv kompaniyada shaffoflik va hisobdorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Ochiqlik indeksi” reytingining 2025-yil yakunlariga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ 94,2 ball bilan eng yuqori natijalarni qayd etgan tashkilotlar qatoridan joy oldi.

АО «Узавтосаноат» удостоено награды в рамках VI Ташкентского антикоррупционного форума

В рамках VI Ташкентского антикоррупционного форума, организованного Агентством по противодействию коррупции, деятельность АО «Узавтосаноат» по последовательному внедрению принципов открытости, прозрачности и подотчётности получила высокую оценку, а компания была удостоена специальной награды.

Форум, прошедший под девизом «Новая архитектура антикоррупционного управления: к эффективным превентивным мерам», был посвящён развитию международного сотрудничества в сфере противодействия коррупции, обмену передовым опытом и укреплению принципов открытости.

В мероприятии приняли участие представители Казахстана, Азербайджана, Японии, Эстонии, Литвы, Кыргызстана и ряда других государств, а также эксперты международных организаций и представители государственных ведомств. В рамках форума были обсуждены вопросы внедрения современных комплаенс-систем, превентивных механизмов, предупреждения коррупционных рисков и обеспечения институциональной прозрачности.

Сегодня в АО «Узавтосаноат» внедрены эффективные механизмы, направленные на обеспечение открытости деятельности, своевременное и полное раскрытие информации, развитие открытого диалога с общественностью, а также предупреждение коррупционных рисков. Данный подход способствует укреплению принципов прозрачности и отчётности.

Для информации: по итогам рейтинга «Индекс открытости» за 2025 год АО «Узавтосаноат» вошло в число организаций, продемонстрировавших наивысшие показатели эффективности, набрав 94,2 балла.

09/05/2026

“UzAuto-INZI”da xodimlar o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

UzAuto-INZIda 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan “UzAuto-INZI Ligasi-2026” futbol musobaqasi tashkil etildi.

Liga formatida o‘tkazilgan musobaqada korxonaning turli bo‘lim va sexlaridan shakllantirilgan 7 ta jamoa tarkibidagi 70 nafar xodim ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Quyuv-erituv uchastkasining “Foundry” jamoasi 1-o‘rinni, Sifat nazorati bo‘limining “Sifat FJ” jamoasi 2-o‘rinni hamda Sirtqi ishlov berish sexining “Deburring” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi ishtirokchilari ham taqdirlandi. “Sifat FJ” jamoasi hujumchisi To‘laganov Azamat “Musobaqa to‘purari”, “Foundry” jamoasi darvozaboni Xudoyberdiyev Izzatilla “Eng yaxshi darvozabon”, “Deburring” jamoasi futbolchisi Abdiev Otabek esa “Eng yaxshi futbolchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan jamoalar munosib taqdirlandi.

В UzAuto-INZI состоялся футбольный турнир среди сотрудников

В UzAuto-INZI был организован футбольный турнир «Лига UzAuto-INZI-2026», посвящённый 9 мая — Дню памяти и почестей, а также 120-летию профсоюзов Узбекистана.

Соревнование прошло в формате лиги. В нём приняли участие 70 сотрудников в составе 7 команд, сформированных из работников различных подразделений и цехов предприятия.

По итогам турнира команда «Foundry» литейно-плавильного участка заняла 1-е место, команда «Sifat FJ» отдела контроля качества — 2-е место, а команда «Deburring» цеха внешней обработки — 3-е место.

Также были награждены лучшие участники турнира. В частности, нападающий команды «Sifat FJ» Азамат Тулаганов был признан лучшим бомбардиром турнира, вратарь команды «Foundry» Иззатилла Худойбердиев — лучшим вратарём, а игрок команды «Deburring» Отабек Абдиев стал победителем в номинации «Лучший игрок».

По завершении соревнований команды, принявшие активное участие в турнире, были награждены.

9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni samimiy muborakbod etamiz. Vatan ravnaqi va xalq...
09/05/2026

9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni samimiy muborakbod etamiz.

Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasi doimo yodimizda. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi

Искренне поздравляем всех наших ветеранов с 9 мая — Днем памяти и почестей.

Память о людях, самоотверженно служивших во имя процветания Родины и мира нашего народа, навсегда сохранится в наших сердцах. Пусть в нашей стране всегда царят мир и спокойствие, а небо остаётся ясным.

С уважением,
коллектив АО «Узавтосаноат»

“O‘zavtosanoat” AJda tijorat banklari va dilerlik markazlari bilan seminar-trening o‘tkazildi“O‘zavtosanoat” AJ binosida...
07/05/2026

“O‘zavtosanoat” AJda tijorat banklari va dilerlik markazlari bilan seminar-trening o‘tkazildi

“O‘zavtosanoat” AJ binosida “UzAuto Motors” AJ mas’ul xodimlari, yirik tijorat banklari hamda respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan diler vakillari ishtirokida avtomobillar savdosini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari D.R. Muxamedov ochib, avtomobillar savdosi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2025-yil iyun oyidan boshlab Markaziy bank ko‘magida tijorat banklari bilan hamkorlikda “Cashback” va “Muddatli to‘lov” aksiyalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra hamkor banklar soni 20 taga yetdi. Mazkur aksiyalar orqali amalga oshirilayotgan savdolar jami realizatsiyaning 88 foizini tashkil etmoqda.

Mazkur seminar-trening diler xodimlari uchun tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan kredit va aksiya shartlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida tijorat banklari tomonidan avtokredit mahsulotlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, avtomobillar savdosida uchrayotgan muammo va to‘siqlar muhokama qilindi.

Xususan, diler xodimlari kredit to‘lovlari bo‘yicha jarimalarni qayta ko‘rib chiqish, sug‘urta xarajatlarini optimallashtirish, bank xizmatlarini dam olish kunlari ham yo‘lga qo‘yish, kredit arizalarini avtomatlashtirish hamda kichik miqdordagi muddati o‘tgan qarzdorlik sababli skoring rad javoblarini kamaytirish bo‘yicha takliflarni bildirishdi.

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan undirilayotgan ayrim komissiyalarni bekor qilish hamda avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlarini avtokredit summasiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Toshkent traktor zavodi mehnat muhofazasi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi eng yaxshi korxona deb topildi28-aprel — Butunj...
07/05/2026

Toshkent traktor zavodi mehnat muhofazasi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi eng yaxshi korxona deb topildi

28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, tarmoq kasaba uyushmalari vakillari hamda korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi. Tadbir doirasida zamonaviy maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari va texnika jihozlari ko‘rgazmasi ham namoyish qilindi.

Tadbir yakunida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazorati” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichida Toshkent traktor zavodi g‘olib deb topilib, “Toshkent viloyatida mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi korxona” sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, tanlov g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ташкентский тракторный завод признан лучшим предприятием Ташкентской области в сфере охраны труда

В рамках 28 апреля — Всемирного дня охраны труда в Ташкентской области состоялось мероприятие на тему «Обеспечим здоровую психологическую и социальную рабочую среду». В нём приняли участие представители Федерации профсоюзов Узбекистана, отраслевых профсоюзных организаций, а также ответственные сотрудники предприятий и организаций. В рамках мероприятия была организована выставка современных средств индивидуальной защиты, специальной одежды и технического оборудования.

По итогам мероприятия Ташкентский тракторный завод был признан победителем областного этапа республиканского конкурса «Общественный контроль в сфере охраны и безопасности труда» и удостоен звания «Лучшее предприятие Ташкентской области в сфере охраны труда».

Также победители и призёры конкурса были награждены дипломами и памятными подарками.

Address

Амир Тимур 13
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when UzAuto Sanoat posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to UzAuto Sanoat:

Share