14/08/2026
VII Tarmoq spartakiadasi: sport, raqobat va jamoaviy ruh bir maydonda
“UzAuto-INZI” korxonasida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “VII Tarmoq spartakiadasi” Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Toshkent shahridagi qator korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlari ishtirok etdi. Jumladan, “UzAuto-INZI” MCHJ, “O‘zkabel” AJ QK, “O‘zelektroapparat-elektrosh*t” AJ, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, “Toshkent Metallurgiya zavodi” AJ hamda Turin Politexnika Universiteti vakillari sportning turli yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.
Spartakiada dasturidan darts, shashka, shaxmat, arqon tortish va futbol sport turlari o‘rin oldi. Ishtirokchilar individual bahslarda o‘z mahoratini namoyish etgan bo‘lsa, jamoaviy sport turlarida hamjihatlik va birdamlikni ko‘rsatdilar.
Spartakiada yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.