UzAuto Motors Powertrain

UzAuto Motors Powertrain Ведущий производитель силовых агрегатов в Узбекистане

YPIP ishtirokchilari va Turin politexnika universiteti vakillari uchun tanishtiruv ekskursiyasi2026-yilda UzAuto Motors ...
14/08/2026

YPIP ishtirokchilari va Turin politexnika universiteti vakillari uchun tanishtiruv ekskursiyasi

2026-yilda UzAuto Motors Powertrain korxonasida Young Professional Internships Program (YPIP) dasturi ishtirokchilari hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining nemis professor va o‘qituvchilaridan iborat delegatsiyasi uchun tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar korxona faoliyati, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari va zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish xususiyatlari bilan tanishdilar.

Ekskursiya professional muloqot va tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi. Shuningdek, tadbir UzAuto Motors Powertrainning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga intilishini namoyon etdi.
_________________________________________________
Ознакомительная экскурсия для участников YPIP и представителей Туринского политехнического университета

В 2026 году на предприятии UzAuto Motors Powertrain состоялась ознакомительная экскурсия для участников программы Young Professional Internships Program (YPIP) и делегации немецких профессоров и преподавателей Туринского политехнического университета в Ташкенте.

В ходе визита участники познакомились с деятельностью предприятия, ключевыми производственными процессами и особенностями организации современного промышленного производства.

Экскурсия стала площадкой для профессионального диалога, обмена опытом, а также подчеркнула стремление UzAuto Motors Powertrain поддерживать молодежь и развивать кадровый потенциал.

30/07/2026

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida atrof-muhitni muhofaza qilish

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish UzAuto Motors Powertrain faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Korxonada ISO 14001 xalqaro standarti talablariga muvofiq ekologik menejment tizimi joriy etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ushbu tizim korxona faoliyatining ekologik jihatlarini tizimli boshqarish, atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish hamda ekologik ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, kompaniyada ISO 50001 xalqaro standarti talablariga muvofiq energetik menejment tizimi joriy etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi energiya samaradorligini oshirish, energetik resurslardan oqilona foydalanish hamda energiya iste’molini boshqarish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat.
_______________________________________________
Охрана окружающей среды в UzAuto Motors Powertrain

Охрана окружающей среды и рациональное использование природных ресурсов являются одними из ключевых приоритетов деятельности UzAuto Motors Powertrain.

На предприятии внедрена и успешно функционирует система экологического менеджмента, соответствующая требованиям международного стандарта ISO 14001. Она направлена на системное управление экологическими аспектами деятельности предприятия, предупреждение негативного воздействия на окружающую среду и обеспечение постоянного совершенствования экологических показателей.

Кроме того, в компании внедрена система энергетического менеджмента в соответствии с международным стандартом ISO 50001, основная цель которой — повышение энергоэффективности, рациональное использование энергетических ресурсов и постоянное совершенствование процессов управления энергопотреблением.

30/07/2026

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida atrof-muhitni muhofaza qilish

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish UzAuto Motors Powertrain faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Korxonada ISO 14001 xalqaro standarti talablariga muvofiq ekologik menejment tizimi joriy etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ushbu tizim korxona faoliyatining ekologik jihatlarini tizimli boshqarish, atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish hamda ekologik ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, kompaniyada ISO 50001 xalqaro standarti talablariga muvofiq energetik menejment tizimi joriy etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi energiya samaradorligini oshirish, energetik resurslardan oqilona foydalanish hamda energiya iste’molini boshqarish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat.
_____________________
Охрана окружающей среды в UzAuto Motors Powertrain

Охрана окружающей среды и рациональное использование природных ресурсов являются одними из ключевых приоритетов деятельности UzAuto Motors Powertrain.

На предприятии внедрена и успешно функционирует система экологического менеджмента, соответствующая требованиям международного стандарта ISO 14001. Она направлена на системное управление экологическими аспектами деятельности предприятия, предупреждение негативного воздействия на окружающую среду и обеспечение постоянного совершенствования экологических показателей.

Кроме того, в компании внедрена система энергетического менеджмента в соответствии с международным стандартом ISO 50001, основная цель которой — повышение энергоэффективности, рациональное использование энергетических ресурсов и постоянное совершенствование процессов управления энергопотреблением.

27/07/2026

🎉 Birinchi dvigatel ishlab chiqarilganiga 15 yil!

2011-yil 26-iyul kuni UzAuto Motors Powertrain zavodida ilk dvigatel ishlab chiqarildi.

O‘tgan 15 yil davomida korxona ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi: birinchi dvigatelni ishlab chiqarishdan boshlab zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, xalqaro bozorlarga chiqish hamda jahon miqyosidagi loyihalarni amalga oshirishgacha. Ushbu yutuqlarning har biri ortida kompaniya xodimlarining professionalligi, mas’uliyati va k***alik fidokorona mehnati mujassam.

Bugungi k***a UzAuto Motors Powertrain — dvigatellarni to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega zamonaviy, yuqori texnologik korxona bo‘lib, innovatsion yechimlarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va izchil rivojlanish yo‘lidan dadil odimlashda davom etmoqda.

15 yillik tarix.
15 yillik taraqqiyot.
15 yil oldinga intilish.

Yubiley muborak bo‘lsin, UzAuto Motors Powertrain!
__
🎉 15 лет со дня рождения первого двигателя!

26 июля 2011 года на заводе UzAuto Motors Powertrain был изготовлен первый двигатель.

За прошедшие 15 лет предприятие прошло большой путь развития: от выпуска первого двигателя до внедрения современных производственных технологий, освоения новых продуктов, локализации компонентов, выхода на международные рынки и реализации проектов мирового уровня. За каждым из этих достижений стоят профессионализм, ответственность и ежедневный труд сотрудников компании.

Сегодня UzAuto Motors Powertrain — это современное высокотехнологичное предприятие с полным циклом производства двигателей, которое продолжает внедрять инновационные решения, совершенствовать производственные процессы и уверенно двигаться вперёд.

15 лет истории.
15 лет развития.
15 лет движения вперёд.

С юбилеем, UzAuto Motors Powertrain!

«DISC va jamoani shakllantirishda avlodlar nazariyasi» treningiUzAuto Motors Powertrain kompaniyasida korxonaning turli ...
03/07/2026

«DISC va jamoani shakllantirishda avlodlar nazariyasi» treningi

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida korxonaning turli bo‘linmalari menejerlarini birlashtirgan «DISC va jamoani shakllantirishda avlodlar nazariyasi» mavzusidagi trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida ishtirokchilar DISC xulq-atvor modeli hamda avlodlar o‘rtasidagi farqlar muloqot, boshqaruv uslubi va jamoaviy hamkorlik samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandilar. Shuningdek, o‘zaro tushunish, konstruktiv muloqot va jamoalarda samarali hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Amaliy keyslar ustida ishlash jarayonida ishtirokchilar ish faoliyatida uchraydigan real vaziyatlarni tahlil qildilar, hamkasblarining individual xususiyatlarini yanada chuqurroq anglashni, samarali muloqot yo‘lga qo‘yishni hamda umumiy maqsadlarga erishish uchun zamonaviy boshqaruv vositalaridan foydalanishni o‘rgandilar.

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida biz kuchli jamoalar o‘zaro tushunishdan boshlanishiga ishonamiz. Xodimlarning boshqaruv kompetensiyalarini izchil rivojlantirish orqali kompaniya hamkorlikka asoslangan korporativ madaniyatni yanada mustahkamlamoqda. Bu esa har bir xodimning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jamoaviy ish samaradorligini oshirish hamda yuksak natijalarga erishishga xizmat qiladi.
__
Тренинг «DISC и теория поколений в построении команды»

В компании UzAuto Motors Powertrain состоялся тренинг «DISC и теория поколений в построении команды», объединивший менеджеров различных подразделений предприятия.

В ходе тренинга участники рассмотрели, как индивидуальные особенности поведения в соответствии с моделью DISC и поколенческие различия влияют на коммуникацию, стиль управления и эффективность командного взаимодействия. Особое внимание было уделено развитию навыков взаимопонимания, конструктивного общения и эффективного взаимодействия в командах.

Работая с практическими кейсами, участники анализировали реальные рабочие ситуации, учились лучше понимать особенности коллег, выстраивать продуктивный диалог и применять современные инструменты управления для достижения общих целей.

В UzAuto Motors Powertrain мы убеждены, сильные команды начинаются с взаимопонимания. Развивая управленческие компетенции сотрудников, компания последовательно укрепляет корпоративную культуру сотрудничества, которая способствует раскрытию потенциала каждого сотрудника, повышению эффективности командной работы и достижению высоких результатов.

https://youtu.be/gvf-HIKuo9wUzAuto Motors Powertrain da chiqindilarni boshqarishUzAuto Motors Powertrain kompaniyasida s...
01/07/2026

https://youtu.be/gvf-HIKuo9w

UzAuto Motors Powertrain da chiqindilarni boshqarish

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida sanoat chiqindilarini boshqarish tizimi joriy etilgan bo‘lib, u chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, ularni qayta foydalanish va qayta ishlash tamoyillariga asoslanadi.

Korxonada chiqindilarni alohida yig‘ish va saralash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Hosil bo‘ladigan barcha chiqindilar belgilangan tasniflash talablari hamda ularni keyinchalik qayta ishlash tartibiga muvofiq maxsus konteynerlarda yig‘iladi.

Chiqindilar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida ular ishlab chiqarish liniyalaridan yig‘ib olinadi va presslash jarayonidan o‘tkaziladi. Bu ularning hajmini sezilarli darajada kamaytirish, saqlash va tashishni optimallashtirish, shuningdek, keyingi qayta ishlash va utilizatsiya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Chiqindilarni boshqarishga tizimli yondashuv UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining ekologik siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Ushbu yondashuv resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda kompaniyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.
__
Управление отходами в UzAuto Motors Powertrain

В компании UzAuto Motors Powertrain внедрена система управления промышленными отходами, основанная на принципах сокращения образования отходов, их повторного использования и переработки.

На предприятии действует система раздельного сбора и сортировки отходов. Все образующиеся отходы собираются в специальные контейнеры в соответствии с установленными требованиями по их классификации и дальнейшей переработке.

Для повышения эффективности обращения с отходами они собираются с производственных линий и проходят процесс прессования. Это позволяет значительно уменьшить их объём, оптимизировать хранение и транспортировку, а также повысить эффективность дальнейшей переработки и утилизации.

Системный подход к управлению отходами является важной частью экологической политики UzAuto Motors Powertrain и способствует рациональному использованию ресурсов, снижению воздействия на окружающую среду и достижению целей устойчивого развития компании.

В компании UzAuto Motors Powertrain внедрена система управления про...

«Halollik vaksinasi» — barqaror taraqqiyot va shaffoflik garoviKorrupsiyaga qarshi izchil kurash va zamonaviy tizimning ...
30/06/2026

«Halollik vaksinasi» — barqaror taraqqiyot va shaffoflik garovi

Korrupsiyaga qarshi izchil kurash va zamonaviy tizimning tarmoqlardagi samaradorligi xususida

So‘nggi davrda O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilash, boshqaruv tizimida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli, tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangani bejiz emas. Zero, korrupsiya — har qanday taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi, davlatning iqtisodiy poydevorini yemiruvchi va xalqning adolatga ishonchiga putur yetkazuvchi xavfli illatdir. Bugungi k***a mazkur transformatsiya jarayonlari faqatgina davlat idoralari bilan cheklanib qolmay, yirik iqtisodiy tarmoqlar va ishlab chiqarish subyektlari faoliyatining ham ajralmas mezoniga aylandi.

Ushbu global islohotlarning mantiqiy davomi sifatida korxona va tashkilotlarda zamonaviy komplaens-nazorat tizimini joriy etish va uning funksional vazifalari ko‘lamini davr talabiga mos ravishda kengaytirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatining yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan “UzAuto Motors Powertrain” aksiyadorlik jamiyati ham davlat siyosatiga hamohang ravishda korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Korxonamizda tashkil etilgan Ichki nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi ayni shu maqsadlar yo‘lida komplaens xizmatini bajaruvchi muhim tuzilma hisoblanadi.

Joriy yilda korxonamiz faoliyatida xavf-xatarlarni boshqarish, sanksiya va eksport nazorati talablariga qat’iy rioya etish, kadrlarni ochiqlik tamoyillari asosida ishga qabul qilish va rotatsiyasini amalga oshirish, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish hamda davlat xaridlari jarayonlarida tizimli qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida 32 banddan iborat keng qamrovli Monitoring va nazorat rejasi ishlab chiqildi. Ushbu strategik dastur doirasida belgilangan har bir vazifaning ijrosi qat’iy muddatlarda ta’minlanib, ichki nazorat tadbirlari izchil kuchaytirildi.

Hozirgi k***a korxonada imzolanayotgan barcha ichki lokal hujjatlar, buyruq va farmoyishlarning qonunchilikka mosligi, amaldagi ichki siyosat va tamoyillarga muvofiqligi, shuningdek, ularda manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari mavjud emasligi komplaens xizmati mutaxassislarining majburiy huquqiy-ekspertlik xulosasi asosida o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu esa boshqaruv qarorlarini qabul qilishda subyektivlik va suiiste’molchilik xavfini minimallashtirish imkonini bermoqda.

Albatta, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirishda faqatgina ma’muriy usullar bilan cheklanib bo‘lmaydi. Bu jarayonda intellektual omil, ya’ni xodimlarning huquqiy ongi, malakasi va ijtimoiy mas’uliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda xodimlarning professional salohiyatini mustahkamlash, ularda ushbu illatga nisbatan nafrat va murosasiz munosabatni tarbiyalash yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, respublika darajasidagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan o‘quv kurslarida korxonamiz mutaxassislari muntazam ravishda malaka oshirib kelmoqda. Bu esa jamoamizda korrupsiyaga qarshi kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Davlat va jamiyatning sog‘lom hayotiga yot bo‘lgan illatlarga chek qo‘yishning eng samarali garovi, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, sohada “halollik vaksinasi” bilan “emlangan”, yangicha tafakkurga ega avlodni tarbiyalashdir. Biz ham o‘z oldimizga nafaqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish, balki yosh mutaxassislarimizni ushbu yuksak ma’naviy-huquqiy tuyg‘u bilan tarbiyalash, ular qalbida halollik va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirishni asosiy maqsad qilib qo‘yganmiz.

Ochiqlik va jamoatchilik oldidagi hisobdorlik — komplaens tizimining muhim shartlaridan biridir. Shu bois “UzAuto Motors Powertrain” AJ o‘zining rasmiy veb-sahifasida korxona faoliyatiga oid moliyaviy-iqtisodiy hujjatlar, hisobotlar va muhim ma’lumotlarni jamoatchilik uchun ochiq hamda shaffof tarzda taqdim etib kelmoqda. Bu esa tashqi nazorat va jamoatchilik esh*tuvini ta’minlashda yuksak natija bermoqda.

Erishilgan yutuqlarning xalqaro e’tirofi sifatida korxonamizda ISO 37001:2016 — “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standarti to‘liq tatbiq etildi va nufuzli xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan tegishli muvofiqlik sertifikati qo‘lga kiritildi. Bundan tashqari, bu yildan boshqaruv tizimi samaradorligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish maqsadida ISO 37301:2021 — “Komplaens menejment tizimi” xalqaro standarti talablarini joriy qilish hamda xalqaro sertifikatni olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

“UzAuto Motors Powertrain” AJda korrupsiyaning oldini olish, ish yurituvida to‘liq shaffoflikni ta’minlash va firibgarlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi ayovsiz kurashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bilan to‘liq hamohangdir. Biz kelgusida ham ushbu tizimni yanada takomillashtirish, sohada erishilgan natijalarni barqaror saqlash va korxonamizni korrupsiyadan xoli namunaviy hududga aylantirish yo‘lida bor kuch va salohiyatimizni safarbar etamiz.

UzAuto Motors Powertrain AJ rahbariyati

UzAuto Motors Powertrainda ekologik tashabbuslar yakunlari sarhisob qilinib, eng faol xodimlar taqdirlandiButunjahon atr...
18/06/2026

UzAuto Motors Powertrainda ekologik tashabbuslar yakunlari sarhisob qilinib, eng faol xodimlar taqdirlandi

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan UMPTda «UMPT bioxilma-xilligi – foto va video» hamda «Tabiat sizga hadya etgan hikoyangiz bilan o‘rtoqlashing» ekologik tanlovlari tashkil etildi. Xodimlar zavod bioxilma-xilligini aks ettiruvchi fotosurat va videolarni — hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o‘simliklar hamda tabiatning go‘zal maskanlarini taqdim etdilar. Shuningdek, ular tabiat ularga hadya etgan qiziqarli hikoyalar bilan ham o‘rtoqlashdilar.

12-iyun kuni UMPT rahbariyati tomonidan eng yaxshi ishlar saralab olinib, g‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandi.

«UMPT bioxilma-xilligi. Eng yaxshi videolar» tanlovi

🥇1-o‘rin — Lyubov Pivovarova, Sifat departamenti
🥈2-o‘rin — Dilshod Sadullayev, FO departamenti
🥉3-o‘rin — Jasur Rahimov, FO departamenti

«UMPT bioxilma-xilligi. Eng yaxshi fotosuratlar» tanlovi

🥇1-o‘rin — Gulsina Kurbanbayeva, ME departamenti
🥈2-o‘rin — Ravshan Rahmanov, ME departamenti
🥉3-o‘rin — Ruzimuhammad Qosimov, Logistika departamenti

«Tabiat sizga hadya etgan hikoyangiz bilan o‘rtoqlashing» tanlovi

🥇1-o‘rin — Zafar Fatxullayev, Sifat departamenti
🥈2-o‘rin — Anna Mulonen, Sifat departamenti
🥉3-o‘rin — Marina Uzakova, Kommunikatsiyalar bo‘limi

G‘oliblar va aksiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, ekologlar jamoasi hamda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Bosh direktori Saidazim Gulyamov xodimlarga tashabbuskorligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga mas’uliyat bilan yondashgani va kompaniyaning ekologik loyihalarida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdilar.
__
В UMPT подвели итоги экологических творческих конкурсов

В рамках мероприятий, посвящённых Всемирному дню охраны окружающей среды, в компании «UzAuto Motors Powertrain» были организованы экологические творческие конкурсы «Биоразнообразие UMPT – Фото и Видео» и «Поделитесь своей историей, которую подарила вам природа».

Сотрудники компании активно поддержали инициативу, представив фотографии и видеоролики, посвящённые биоразнообразию территории завода, а также личные истории и наблюдения, связанные с природой. В конкурсных работах были отражены животные, птицы, насекомые, растения и живописные природные уголки, расположенные на территории предприятия.

12 июня лучшие работы были рассмотрены руководством компании, после чего состоялось награждение победителей.

Конкурс «Биоразнообразие UMPT. Лучшие видео»
🥇 1 место — Любовь Пивоварова, Департамент качества
🥈 2 место — Дильшод Садуллаев, Департамент FO
🥉 3 место — Жасур Рахимов, Департамент FO

Конкурс «Биоразнообразие UMPT. Лучшие фотографии»
🥇 1 место — Гульсина Курбанбаева, Департамент ME
🥈 2 место — Равшан Рахманов, Департамент ME
🥉 3 место — Рузимухаммад Косимов, Департамент логистики

Конкурс «Поделитесь своей историей, которую подарила вам природа»
🥇 1 место — Зафар Фатхуллаев, Департамент качества
🥈 2 место — Анна Мулонен, Департамент качества
🥉 3 место — Марина Узакова, Отдел коммуникации

Проведение подобных конкурсов способствует повышению экологической осведомлённости сотрудников, развитию интереса к вопросам сохранения биоразнообразия и формированию культуры бережного отношения к окружающей среде.

UzAuto Motors Powertrainda ekologik tashabbuslar yakunlari sarhisob qilinib, eng faol xodimlar taqdirlandi2026-yil 12-iy...
18/06/2026

UzAuto Motors Powertrainda ekologik tashabbuslar yakunlari sarhisob qilinib, eng faol xodimlar taqdirlandi

2026-yil 12-iyun kuni UMPTda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish tashabbuslarini amalga oshirish, barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish hamda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan xodimlarni e’tirof etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Tadbir doirasida yil davomida amalga oshirilgan ekologik tanlovlar va tashabbuslar yakunlari sarhisob qilinib, g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar taqdirlandilar.

∙ Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng yaxshi CI-loyiha deb Biogumus loyihasi e’tirof etildi. Shoyiddin Komilov, FO departamenti va Shokhrukh Nishonboev, Ekologiya bo‘limi xodimlar tomonidan o‘simlik chiqindilaridan organik o‘g‘it olish loyihasi muvaffaqiyatli joriy etildi.

∙ Ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi Near Miss uchun Ishlab chiqarish departamentining Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Evgeniy Nekrasov atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammoni samarali hal etgani uchun taqdirlandi.

∙ FO departamenti xodimi Shoakrom Akbarov ISO 14001 standarti bo‘yicha eng faol ichki auditor deb topildi. Shuningdek, yil davomida ekologik menejment tizimining ichki auditlarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan UMPT kompaniyasining barcha ISO 14001 ekologik menejment tizimi ichki auditorlari alohida e’tirof etildi.

G‘oliblar va aksiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, ekologlar jamoasi hamda UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi Bosh direktori Saidazim Gulyamov xodimlarga tashabbuskorligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga mas’uliyat bilan yondashgani va kompaniyaning ekologik loyihalarida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdilar.
__
В UMPT подвели итоги экологических инициатив и наградили лучших сотрудников

12 июня 2026 года в компании «UzAuto Motors Powertrain» состоялось торжественное мероприятие, посвящённое Всемирному дню охраны окружающей среды.

Мероприятие стало возможностью отметить сотрудников, внесших значительный вклад в развитие экологической культуры компании, реализацию природоохранных инициатив, продвижение принципов устойчивого развития и формирование ответственного отношения к окружающей среде.

В рамках мероприятия были подведены итоги экологических проектов, конкурсов и инициатив, реализованных в течение года, а также состоялось награждение победителей и наиболее активных участников.

В номинации «Лучший CI-проект в сфере охраны окружающей среды» победителем был признан проект «Получение органического удобрения из растительных отходов». Авторами проекта стали Шойиддин Комилов (Департамент FO) и Шохрух Нишонбоев (Отдел экологии). В результате реализации проекта была организована переработка растительных отходов с получением биогумуса, что способствует более эффективному использованию ресурсов и снижению воздействия на окружающую среду.

Награду за лучший Near Miss по экологии получил Некрасов Евгений, сотрудник Отдела технического обслуживания Департамента производства, за инициативный подход и эффективное решение экологического вопроса, позволившее предотвратить потенциальное негативное воздействие на окружающую среду.

Звание «Самый активный внутренний аудитор ISO 14001» было присвоено Шокрому Акбарову из Департамента FO за высокий уровень вовлечённости и вклад в поддержание и совершенствование системы экологического менеджмента компании. Также в рамках мероприятия были отмечены все внутренние аудиторы ISO 14001, которые в течение года успешно проводили внутренние аудиты и способствовали развитию экологической культуры на предприятии.

Поздравляя победителей и участников, команда экологов и Генеральный директор компании UMPT Саидазим Гулямов выразили благодарность сотрудникам за инициативность, ответственное отношение к вопросам охраны окружающей среды и активное участие в экологических проектах компании.

UzAuto Motors Powertrain"da avtomobilsiz kun: xodimlarning ekologik vaziyatni yaxshilashga qo‘shgan hissasiUzAuto Motors...
18/06/2026

UzAuto Motors Powertrain"da avtomobilsiz kun: xodimlarning ekologik vaziyatni yaxshilashga qo‘shgan hissasi

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida 2026-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbus doirasida «Avtomobilsiz kun» ekologik aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur tashabbusga muvofiq, «Avtomobilsiz kun» aksiyalari har oyning 10 va 25-sanalarida tashkil etilib, transport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

UzAuto Motors Powertrain xodimlari ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini kamaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Shu kuni ko‘plab xodimlar korporativ avtobuslar va shahar jamoat transportidan foydalandilar, shuningdek, shaxsiy avtomobil o‘rniga piyoda yurishni afzal ko‘rdilar.

Aksiya doirasida kompaniyada uchta maxsus nominatsiya ta’sis etildi: «Eng namunali rahbar», «Eng namunali bo‘lim» va «Eng namunali xodim».

«Eng namunali xodim» nominatsiyasi g‘olibi FO departamenti xodimi Murodjon Ahmadjonov bo‘ldi. U hamkasblari bilan aksiya doirasidagi ishtiroki tajribasi bilan o‘rtoqlashib, muqobil transport vositalaridan foydalanishning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

«Eng namunali rahbar» unvoni Sifat nazorati departamenti direktori Fizuli Kashimovga berildi. U yil davomida boshqa rahbarlarga nisbatan korporativ avtobusdan eng ko‘p foydalangan holda, ekologiya va barqaror rivojlanish masalalariga mas’uliyatli munosabatning shaxsiy namunasini ko‘rsatdi.

«Eng namunali bo‘lim» nominatsiyasi g‘olibi Ishlab chiqarish departamentining Mexanik ishlov berish tsexi bo‘ldi. Ushbu tsex xodimlari kompaniyaning boshqa bo‘linmalariga nisbatan aksiyada ishtirok etish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni namoyish etdilar.
__
День без автомобиля в UMPT: вклад сотрудников в улучшение экологической ситуации

В компании UzAuto Motors Powertrain состоялась экологическая акция «День без автомобиля», проводимая в рамках инициативы, реализуемой в Узбекистане с 1 мая 2026 года. Согласно данной инициативе, акции «День без автомобиля» проходят ежемесячно 10-го и 25-го числа и направлены на снижение негативного воздействия транспорта на окружающую среду.

Сотрудники UMPT активно поддержали инициативу, внеся свой вклад в сокращение выбросов загрязняющих веществ в атмосферу. В этот день многие работники воспользовались корпоративными автобусами, городским общественным транспортом, а также выбрали пешие прогулки как альтернативу личному автомобилю.

В рамках акции в компании были учреждены три специальные номинации: «Самый примерный руководитель», «Самый примерный отдел» и «Самый примерный сотрудник».

Победителем в номинации «Самый примерный сотрудник» стал Муроджон Ахмаджонов, сотрудник департамента FO. Он поделился с коллегами своим опытом участия в акции и рассказал о преимуществах использования альтернативных способов передвижения.

Звание «Самый примерный руководитель» было присвоено Физули Кашимову, директору Департамента контроля качества. На протяжении года он чаще других руководителей пользовался корпоративным автобусом, демонстрируя личный пример ответственного отношения к вопросам экологии и устойчивого развития.

Победителем в номинации «Самый примерный отдел» стал Цех механообработки Департамента производства, сотрудники которого показали наибольшую долю участия в акции по сравнению с другими подразделениями компании.

Address

Республика Узбекистан, Ташкентская область, Зангиотинский район,, сельский сход граждан «Ханабад», махалля «Кумарык», Улица Истиклол, 1
Tashkent
111800

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712806439

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when UzAuto Motors Powertrain posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to UzAuto Motors Powertrain:

Shortcuts

Share